Endilikda fuqarolar poliklinikalarga bir necha bor borib, navbat kutishga majbur emas — xizmat to‘liq raqamlashtirildi.
Mazkur ma’lumotnoma oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar, ishga joylashayotganlar, sportchilar, sudyalikka nomzodlar, shuningdek, “Muruvvat” va “Saxovat” uylariga yo‘llanma oluvchilar uchun talab etiladi.
Hujjatni olish uchun portalning “Sog‘liqni saqlash” bo‘limidagi tegishli xizmat tanlanadi va tayyor ma’lumotnoma yuklab olinadi.
Shu bilan birga, ma’lumotnoma faqat tibbiy ko‘rikdan o‘tilgandan so‘ng shakllantirilishi qayd etilgan.






