AsosiyJamiyat

Maktab kotibasi 3-sinf o‘quvchisini sinfdoshlari oldida kaltaklagani yuzasidan munosabat bildirildi

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolaga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlandi, ayni paytda holat sud tartibida ko‘rib chiqilmoqda.

'Maktab kotibasi 3-sinf o‘quvchisini sinfdoshlari oldida kaltaklagani yuzasidan munosabat bildirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab kotibasiga o‘quvchilarni kaltaklashga kim huquq berdi?" sarlavhasi ostida videolar tarqaldi. Holat Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan. Bu haqda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 6 oktyabr kuni soat 09:30 lar atrofida Samarqand viloyat Qo‘shrabot tumanidagi 71-o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Maktabning  kadrlar bo‘yicha menedjeri bo‘lib ishlovchi Q. S.ning oldiga farzandi Q. I. tanaffus vaqtida kelib, sinfdoshi (3-A sinf o‘quvchisi R.F.)  urganligini aytgan. Mazkur holatdanandan so‘ng ona farzandi bilan janjallashgan o‘quvchi sinfiga borib unga qo‘l ko‘targan. 

Holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olinib,  jabrlanuvchi o‘quvchi R. F.ni  tan jarohati olgan yoki olmaganligi yuzasidan joriy yilning 7 oktyabr kuni sudga oid ekspertiza tayinlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolaga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlandi, ayni paytda holat sud tartibida ko‘rib chiqilmog‘da. 

Mazkur holat yuzasidan maktab kadrlar menedjeri vazifasida ishlovchi Q.S bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Shuningdek,  xodimning ichki odob-axloq qoidalariga rioya qilishini nazoratga olmaganligi uchun Qo‘shrabot tumanidagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktoriining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  o‘rinbosari K.A. ga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

    Boshqa yangiliklar