"O'zgidromet" ma'lumotiga ko'ra, 11-oktyabr kuni mamlakat bo'yicha havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi. Respublikaning barcha hududlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Ustyurt platosida ba'zi joylarda shamol kuchayib, chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin.
Shamol asosan sharqdan esadi, tezligi 3–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi.
Kechasi havo harorati 5–15 daraja iliq, tog'li hududlarda 5–10 daraja iliq bo'ladi. Kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda 25–30 daraja, Farg'ona vodiysi viloyatlarida 24–29 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryoda 27–32 daraja, Buxoro va Navoiyda 27–32 daraja, Qoraqalpog'iston hamda Xorazmda 22–27 daraja iliq bo'lishi kutilmog'da.