AsosiyDunyo

Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik 3 yilga qamaldi

Sud uning aybini tan olishi, pushaymonligi va ogʻir moddiy ahvolini inobatga olib, 3 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan.

'Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik 3 yilga qamaldi'ning rasmi

Rossiyada jazo oʻtayotgan paytida yollangan A.X. Vatanga qaytgach, aybini boʻyniga olib, ichki ishlar organlariga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan.

Paxtachi tumanida tugʻilgan 27 yoshli A.X. 2021 yilda Rossiyada giyohvand moddalar bilan bogʻliq jinoyat uchun qamalgan, 2024 yilda esa Ukrainaga qarshi urushda qatnashish evaziga ozodlikka chiqarilgan.

U Rossiya armiyasi safida Lugansk, Zaporojye va boshqa hududlardagi janglarda qatnashgan. Jarohatlanish, sogʻaygandan soʻng Oʻzbekistonga qaytib, ichki ishlar organlariga ixtiyoriy ravishda borgan.

Sud uning aybini tan olishi, pushaymonligi va ogʻir moddiy ahvolini inobatga olib, 3 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. U jazoni umumiy tartibdagi koloniyada oʻtaydi.

    Boshqa yangiliklar