AsosiyJamiyat

Ta'lim kreditini endi yuqori kurslarda to'liq ololmasligingiz mumkin

Xo'sh, nega?

'Ta'lim kreditini endi yuqori kurslarda to'liq ololmasligingiz mumkin'ning rasmi

Ta'lim krediti berilishni boshlagandan beri talabalarning kontrakt bo‘yicha muammolari ancha yengillandi. 2023 yilda tijorat banklari tomonidan jami 2,7 trln so‘mlik ta'lim kreditlari ajratilib, 241 mingta talaba qamrab olindi. Ushbu kreditlarning katta qismi, ya'ni 80 foizi xotin-qizlarga berildi.

2024 yil I yarim yilligi davomida esa imtiyozli ta'lim kreditlari uchun 328,4 mlrd so‘m ajratildi. Mazkur kreditlar bilan 40 mingdan ziyodroq nafar talabalar qamrab olindi. Ushbu kreditlarning 77,2 foizi xotin-qizlarga berilgan.

2024 yil 27 maydagi 82-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, endilikda ta'lim krediti ajratish jarayoni ham sifat va natijadorlikka bog‘lanadi — ya'ni talabalar o‘z o‘qishidagi baholari, fanlarni o‘zlashtirish darajasi va faolligiga qarab ta'lim kreditini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bu haqda Markaziy bank bosh iqtisodchisi Lazizxo‘ja Muhammadov shunday deydi: "Endi ta'lim kreditlarini berish va uni qaytarish sifat bosqichiga ota boslandi. Oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ta'lim kredit olishlari mumkin. Ya'niki, talaba qolgan 20 foiz kontrakt miqdorini ta'lim kredit chiqqunicha o‘zi to‘lashi kerak bo‘ladi".

Ta'lim krediti haqida ko‘proq ma'lumot olish uchun D.uzni markaziy bank mas'ullari bilan podkastini YouTube sahifamizda ko‘ring

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:19

    Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi chegarа hududida vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirgan.

    'Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakaddagi vaziyat murakkabligi sabab fuqarolarni shaxsiy xavfsizlikka jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirdi.

    'Toshkentda YPI inspektori halok bo‘ldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:14

    Toshkentda YPI inspektori halok bo‘ldi.

    Bunga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

    'Prezident Termizda bazalt ishlab chiqarish loyihasini koʻzdan kechirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:02

    Prezident Termizda bazalt ishlab chiqarish loyihasini koʻzdan kechirdi

    Davlat rahbari Surxondaryoga tashrifi davomida qiymati 26 million dollarlik bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

    'Armaniston bosh vaziri 30 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:52

    Armaniston bosh vaziri 30 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi

    Арманистон бош вазири Никол Пашинян ва унинг фуқаролик никоҳидаги турмуш ўртоғи Анна Акопян биргаликдаги ҳаётига якун ясаганини маълум қилди.

    'Qoidabuzarligi bilan maqtangan "tuningchi" uzr soʻradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:12

    Qoidabuzarligi bilan maqtangan "tuningchi" uzr soʻradi

    O‘zbekiston Premer-ligasining “O‘zbekiston” klubi rahbari Asadbek Jumayev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bahsli intervyusidan so‘ng jamoatchilikdan uzr so‘radi.