AsosiyJamiyat

Senat Farg'onadagi maktab direktori bilan bog'liq holatni nazoratga oldi

Jamiyatdagı bunday holatlar davlat idoralariga bo‘lgan ishonchga putur yetkazmasligi uchun parlament nazoratining ahamiyati katta ekani qayd etilmokda.

'Senat Farg'onadagi maktab direktori bilan bog'liq holatni nazoratga oldi'ning rasmi

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida maktab direktori IIB xodimlari tomonidan yechintirilib, do‘pposlangani haqidagi xabar jamoatchilikning keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi holatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Senator Malika Qodirxanova tizimdagi bunday qonunbuzilishlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi zarurligini ta’kidladi.

Jamiyatdagi bunday holatlar davlat idoralariga bo‘lgan ishonchga putur yetkazmasligi uchun parlament nazoratining ahamiyati katta ekani qayd etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar