AsosiyDunyo

G‘arb Rossiya-Ukraina urushida Rossiyani qo‘llab-quvvatlayaptimi?

Ukraina prezidentining aytishicha, Rossiyaning raketa va dronlarida AQSh, Germaniya, Yaponiya, Xitoy hamda boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan qismlar aniqlandi.

'G‘arb Rossiya-Ukraina urushida Rossiyani qo‘llab-quvvatlayaptimi?'ning rasmi

Vladimir Zelenskiy ma’lum qilishicha, Rossiya X–101 raketalari va Shahed/G‘eran dronlarida AQShda ishlab chiqarilgan konvertorlar, “Kinzhal” raketalarida esa G‘arbda tayyorlangan matritsalar va mikroelektronika ishlatilgan.

Har bir Shahed dronida Xitoy va Tayvanda ishlab chiqarilgan kamida 50 dona mikrodetal borligi qayd etildi.

Ukraina Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan kompaniyalarqa qarshi choralar ko‘rishga tayyorlanmoqda. Zelenskiy bu masala bo‘yicha G7 davlatlari sanksiyalar koordinatori yig‘ilishidan natija kutayotganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 5 oktyabrgacha o‘tar kechasi Rossiya Ukraynaga 500 ga yaqin dron va 50 dan ortiq raketa, jumladan, “Kinzhal”larni uchirgan. Hujum oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangan.

    Boshqa yangiliklar