AsosiyJamiyat

Angrenda yuk mashinasi va Matiz to‘qnashib, yongʼin chiqdi

Toshkent viloyati FVB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

'Angrenda yuk mashinasi va Matiz to‘qnashib, yongʼin chiqdi'ning rasmi

Toshkent viloyati FVBning ma'lum qilishicha, joriy yilning 4 oktyabr kuni soat 19:45 da Angren shahar hududidan o'tuvchi A-373 avtomobil yo'lining 88-kilometrida harakatlanib ketayotgan "MAN" rusumli yuk avtomashinasi "Matiz" avtomashinasi bilan to'qnashuvi natijasida yong'in sodir bo'layotganligi to'g'risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, soat 19:51 da yong'in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga etib borib, soat 19:53da o'rab olinib, soat 20:07 da to'liq bartaraf etilgan. 

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo'q, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar