AsosiyJamiyat

Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mojaroda ishtirok etgan o'zbekistonlik qamalgan

U Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolab, Rossiya Qurolli Kuchlari safida "mashinist mexanik" boʻlib, shartli "Ded" "pozivnoy"i ostida xizmat qilgan.

'Rossiya va Ukraina o'rtasidagi mojaroda ishtirok etgan o'zbekistonlik qamalgan'ning rasmi

Joriy yilning 11 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining ochiq sud majlisida JK 154-moddasining 1-qismi, bilan ayblangan K.R.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

DHX Namangan viloyati boshqarmasi tezkor bo‘limi tomonidan O‘zbekistonning davlat xavfsizligini va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilinishini ta’minlash hamda O‘zbekiston fuqarolari orasidan moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron-bir shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollangan shaxslarni, jinoyiy faoliyatiga chek qo‘yish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan kompleks tadbirlar davomida quyidagilar aniqlandi.

Unga ko‘ra, Telegram messenjeridagi Ukraina davlatiga qarashli "Xochu jit" nomli kanalda "RF-Ukraina" o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etgan 1100 nafar o‘zbekistonlik shaxslar ro‘yxati e’lon qilingan. Mazkur ro‘yxatning 392-qayd raqamida 1970 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi tug‘ilgan K.R. ekanligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, K.R. 2023 yilning iyun oylarida Qirg‘iziston orqali Rossiyaga mavsumiy ishlash maqsadida borgan. U RFda biroz muddat ishlaganidan so‘ng, RF federal migratsiya xizmati idorasiga patent olish uchun borganida, unga FMX xodimlari patent berilmasligini, biroq, "RF-Ukraina" o‘rtasidagi urushda ishtirok etish uchun shartnoma imzolasa, unga RF fuqaroligi berilishini hamda RF hududida ishlashi mumkinligini aytishgan.

Shundan so‘ng, K.R. 2023 yil iyun oyida RF Mudofaa Vazirligi bilan "RF-Ukraina" o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etish maqsadida o‘z xohishiga ko‘ra bir yillik shartnoma imzolagan va u RF Qurolli Kuchlari safida "mashinist mexanik" bo‘lib shartli "Ded" "pozivnoy"i ostida xizmat qilgan. K.R. RF Qurolli Kuchlari safida Ukrainaqa qarshi urushda qatnashayotganligi uchun 700 ming rubl miqdorida bir martalik mukofot puli va har oy o‘rtacha 150-200 ming rubl (25-30 mln so‘m) miqdorda oylik maosh olib kelgan.

K.R. Ukraina bilan chegaradagi Belgorod shahridagi RF QKga qarashli harbiy qismda urush maqsadlarida foydalaniladigan harbiy transport vositalarini texnik ta’mir ishlari bilan shug‘ullangan.

2024 yilning may oylarida K.R. sog‘lig‘idagi jiddiy o‘zgarishlar tufayli xizmatdan ozod etilgan va 2024 yilning iyun oyi oxirlarida O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi K.R. JKning 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan JKning 154-moddasi 1-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Angrenda yuk mashinasi va Matiz to‘qnashib, yongʼin chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:48

    Angrenda yuk mashinasi va Matiz to‘qnashib, yongʼin chiqdi

    Toshkent viloyati FVB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

    'Jizzahda sifatsiz benzin sotayotgan AYQSh aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:58

    Jizzahda sifatsiz benzin sotayotgan AYQSh aniqlandi

    AQShda sotilayotgan AI-92 benzin laboratoriyada tekshirilganda davlat standart talablariga mos kelmagan.

    'Bugun havo biroz sovidi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:35

    Bugun havo biroz sovidi

    5 oktyabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'O‘zbekistonda ikki kun kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2025 22:04

    O‘zbekistonda ikki kun kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda

    Mutaxassislar aholini ertalab va kunduzgi vaqtda qo‘shimcha ehtiyotkorlikka chaqirmoqda.

    'Samarqandda Tracker-2 piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2025 19:51

    Samarqandda Tracker-2 piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

    Viloyat rasmiylari holat yuzasidan ma’lumot berishdi. Unga ko‘ra...

    'O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 81 mlrd so‘mlik "svet" va gaz talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2025 17:40

    O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 81 mlrd so‘mlik "svet" va gaz talon-toroj qilindi

    Qoidabuzar iste'molchilarga chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.