AsosiyBu qiziq

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublikaning ayrim hududlarida harorat 33 daraja issiq boʻladi.

'Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

“O‘zgidromet” bugun, 29 sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja salqin, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja salqin, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja salqin, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja salqin, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja salqin, kunduzi 26-31 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja salqin, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja salqin, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo
biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja salqin, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Trump Organization" Avstraliyada eng baland osmono'par bino qurishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 25.02.2026 19:42

    "Trump Organization" Avstraliyada eng baland osmono'par bino qurishni rejalashtirmoqda

    Loyiha qiyati kamida 1 milliard dollarga baholanayotgan minora mamlakatdagi eng baland inshoot bo‘lishi kutilmogda.

    'UFOda erkak bayram payti tasodifan stakan ustiga yiqilib, jarrohlik amaliyotiga tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 25.02.2026 05:19

    'Shimoliy Koreyada 2 yoshli bola Injil sababli umrbod qamaldi'ning rasmi

    Bu qiziq 25.02.2026 03:20

    Shimoliy Koreyada 2 yoshli bola Injil sababli umrbod qamaldi

    Mamlakatda diniy adabiyot saqlash og‘ir jinoyat sifatida baholanadi.

    'Bugun qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 25.02.2026 03:09

    Bugun qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi

    O‘zgidromet bugun, 25 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 24.02.2026 12:45

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 24.02.2026 11:19

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.