AsosiyJamiyat

Zangiotada yuk mashinasi ko‘prikka urildi

Hodisa oqibatida ko‘prikning piyodalar uchun mo‘ljallangan qismi shikastlangan.

'Zangiotada yuk mashinasi ko‘prikka urildi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIBB YHTXBnining bergan xabariga ko‘ra, Zangiota tumanida yuk mashinasi ko‘prikka urilib, YTH sodir etgan. 

Hodisa joriy yilning 26 sentabr kuni soat 19:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumanida sodir bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi taqiqlovchi belgiga amal qilmay, gabarit o‘lchamlari to‘g‘ri kelmagan transport vositasida ko‘prikning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismidagi beton to‘singa kelib urilgan.

Voqea joyiga yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari yetib kelib, yuzaga kelgan holatni bartaraf qilishgan.

Ushbu holatda harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga va ko‘prikning avtomobillar harakatlanish uchun mo‘ljallangan qismiga ziyon yetmaganligi, ko‘prikning piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan qismi shikastlanganligi ma’lum qilindi.

Hozirda ko‘prikning shikastlangan qismini ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, avtomobillarning erkin harakatlanishi to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar