Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 22 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi ommaoviy mushtlashuv ishtirokchisi sifatida qo‘lga olindi. Mushtlashuv 20 sentyabr kuni tungi vaqtda Grecheskiy turar-joy hududidagi do‘konda boshangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, janjal migratsiya qonunchiligini buzgan o‘zbekistonlik ayol sotuvchi bilan bog‘liq muammo ortidan yuzaga kelgan. Jabrlanuvchi ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u kaltaklangan sababli shifokorlarga murojaat qilgan.
Voqeaga oid videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.






