AsosiyDunyo

Turkiyada mudhish voqea yuz berdi

Ikki nafar voyaga yetmagan bola ovqatdan zaharlanib halok bo‘ldi.

'Turkiyada mudhish voqea yuz berdi'ning rasmi

Turkiyada bir oilaning 4 nafar aʼzosi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda TRT haber yozmoqda.

Nashrda qayd etilishicha, holat Istanbulning Eyupsulton tumanida yuz bergan. Bir oilaning 4 aʼzosi isteʼmol qilgan ovqatdan zaharlanish gumoni bilan shifoxonaga olib kelingan.

Oiladagi 2 nafar bola vafot etgan. Yurak xurujiga uchragan onaning davolanishi davom etmoqda. Voqea yuzasidan tergov ishlari boshlandi.

    Boshqa yangiliklar