AsosiyJamiyat

Fohishaxona tashkil etib, ayollarni sotmoqchi boʻlgan “Sonya” Turkiyada qoʻlga olindi

U ayollarni aldab fohishalik qilishga majburlagan jinoyiy guruh tarkibida bo‘lgan.

'Fohishaxona tashkil etib, ayollarni sotmoqchi boʻlgan “Sonya” Turkiyada qoʻlga olindi'ning rasmi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan R.S. (“Sonya” laqabi bilan tanilgan) O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u 2013–2015-yillarda Bangkok shahrida fohishaxona tashkil etib, vatandosh ayollarni yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, Qozog‘iston orqali Tailandga olib borib fohishalik qilishga majburlagan jinoyiy guruh tarkibida faol ishtirok etganlikda ayblangan.

Mazkur shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki uning quyi tizimlariga, shuningdek, Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari so‘ralgan.

    Boshqa yangiliklar