AsosiyJamiyat

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxalikov siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning maqolasiga munosabat bildirdi

Iztirobli o‘ylar bilan bir qatorda, maqola umid nurlari, Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat va uning kelajagiga ishonch bilan yo‘g‘rilgan.

'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxalikov siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning maqolasiga munosabat bildirdi'ning rasmi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nomidan muallif Qudratilla Rafiqovga "Alamim bor" sarlavhasi ostida  "ishonch" gazetasida chop etilgan, Oʻzbekiston tarixi va Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishiga bagʻishlangan chuqur tahliliy maqolasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.


Bu muhim asar mazmun jihatdan chuqur, yuqori darajada professional mahorat bilan yozilgan va yuksak madaniy qimmatga ega. U publitsistika emas, balki tarix va xalq vijdoni bilan qilingan samimiy suhbatdir. Asar nafaqat tadqiqot, balki fikrni jamiyatga yorqin va ishonarli yetkazib berish mahorati va malakasi hamdir. Bu esa maqolani yuqori intellektual darajaga koʻtaradi.


Maqolaning har bir satrida yoʻqotilgan imkoniyatlar uchun toʻxtovsiz alam, oʻtmishdagi befarqliklar uchun iztirob his etiladi. Ayniqsa, muallifning uzoq yillar davomida buyuk hukmdor va mutafakkirlarimiz qoldirgan ulkan merosni jahonga koʻrsata olmaganimiz haqidagi mulohazalari oʻquvchiga kuchli taʼsir qiladi. "Nega? Nega? Nega?.." degan ritorik savollar tarix va madaniyatimiz taqdiri haqida oʻylagan har bir inson qalbidagi umumiy iztirobning ifodasiga aylanadi. Maqola madaniy-tarixiy merosimizni saqlash va rivojlantirish borasida har birimiz zimmamizdagi masʼuliyatni chuqur anglashga yordam beradi.


Iztirobli oʻylar bilan bir qatorda, maqola umid nurlari, Vatanga boʻlgan cheksiz muhabbat va uning kelajagiga ishonch bilan yoʻgʻrilgan. Shu maʼnoda muallif oʻz asarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tarixiy rolini alohida taʼkidlaydi. Davlat rahbari amalga oshirayotgan keng koʻlamli loyihalar milliy ongni mustahkamlash, tarixiy xotirani asrab-avaylash, maʼrifatparvarlik va madaniy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan betakror hissasini xalqaro miqyosda ravshan va ishonarli namoyish etishga qaratilgan.


Muallif taʼkidlaganidek, mamlakat Prezidentining shaxsiy tashabbusi va bevosita koʻmagi tufayli Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi. U mamlakatning maʼnaviy va madaniy uygʻonishining yangi va ulugʻvor ramziga aylandi. Markaz faqat boy tariximiz, ilm-fan va sanʼat merosimizni saqlash va ommalashtirish bilan cheklanmay, balki butun dunyodan olimlar va tadqiqotchilarni birlashtiradi. Bu esa xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlikka kuchli turtki beradi.


Maqola Markazni faqat muzey yoki ilmiy maydon sifatida emas, balki xalq xotirasini saqlaydigan, kelajak avlodlarga ilhom bagʻishlaydigan va xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlaydigan tirik platforma sifatida koʻrishga yordam beradi. Muallif keltirgan dalillar Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilgan Markazning ahamiyati va uning maʼrifiy missiyasi haqida keng jamoatchilikning xabardorligini oshiradi.


Darhaqiqat, ushbu betakror loyiha oʻtmish va kelajakni, anʼana va zamonaviylikni uygʻunlashtiradi, ilm-fan va madaniyat muloqoti uchun yangi maydon yaratadi, zamonaviy insonning dunyoqarashiga ming yillik tarixning buyukligi bilan yuzma-yuz kelish imkonini beradi. Biz yana bir bor davlatimiz rahbariga xalqimiz faxri va abadiy merosiga aylanadigan bu ulkan madaniy-maʼrifiy mega-loyihani mualliflik gʻoyasi sifatida ilgari surgani va muvaffaqiyat bilan amalga oshirgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.

 Muallifga bu asar uchun, u koʻtargan murakkab, ammo juda zarur mavzularga nisbatan samimiy munosabati uchun chuqur minnatdorchilik izhor etamiz. Qudratillo Mirsagʻatovichga  yangi gʻoyalarga boy yanada katta ijodiy yutuqlarga erishishlarini tilaymiz. Ushbu asar koʻplab zamondoshlarimizning maʼnaviy uygʻonishi uchun manba boʻlib xizmat qilishiga ishonamiz.


Firdavs Abduxoliqov, 
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xususiy telekommunikatsiya operatorlariga xalqaro internet kanallarga ulanishga ruxsat berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:44

    Xususiy telekommunikatsiya operatorlariga xalqaro internet kanallarga ulanishga ruxsat berildi

    Raqamli texnologiyalar vazirligi ulanishni muvofiqlashtirish uchun mas'ul organ etib tayinlandi.

    'Robototexnika, 3D va frilans: Farg‘onadagi “IT-shaharcha” yoshlarga nima beradi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:22

    Robototexnika, 3D va frilans: Farg‘onadagi “IT-shaharcha” yoshlarga nima beradi?

    Prezident tashabbusi bilan yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga bepul o‘qitishga qaratilgan “IT-shaharcha” loyihasi bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda. Bugungi kunda mamakatning bir qancha hududlarida ushbu markazlar faoliyat yuritmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:49

    'Haydovchilik guvohnomasini onlayn "Yagona portal" orqali tiklash mumkin boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:54

    'Siyosatshunos Qudratilla Rafiqov “Alamim bor” nomli maqolasini e’lon qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:46

    'Россияда ҳалок бўлган йигит Сурхондарёлик экани маълум бўлди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:39

    Россияда ҳалок бўлган йигит Сурхондарёлик экани маълум бўлди

    23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi.