AsosiyJinoyat

Qaynuqa poʻchasini oʻldirib, jasadini qopda qabristonga olib ketayotganda ushlandi

Voqeani payqab qolgan mahalla raisi zudlik bilan ichki ishllar organiga xabar bergan.

'Qaynuqa poʻchasini oʻldirib, jasadini qopda qabristonga olib ketayotganda ushlandi'ning rasmi

Samarqand shahrida qaynota pochtasini o‘ldirib, jasadini qopda olib ketayotgan paytda qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, 24 avgust kuni soat 05:30 atrofida “Navbog‘chiyon” va “Bo‘ston” mahallalari raislari hududni aylanib chiqish jarayonida ikki shaxsning shubhali harakatlarini payqagan. Erkak va ayol bolalar aravachasi yordamida qabriston tomonga harakatlanayotgani aniqlangan. Aravachada bola emas, balki yelim idishlar orasida qop yashirilgan bo‘lib, uning ichida jasad bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

Mahalla raislari tomonidan ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berilgan. Tekshiruv davomida aniqlanishicha, fuqaro o‘zining pochtasini o‘ldirgan va jasadni qabristonga yashirishga uringan.

“Baklajka’larning tagiga bir shubhali narsani ko‘rib qolib, orqasidan borib, shu qabristonning oldida ushlab oldim. Qarasam, baklajka’ning tagiga o‘sha olib borayotgan fuqaro o‘zining pochtasini o‘ldirib, qotillik qilib, qabristonga ko‘mmoqchi bo‘ldi. Ularni ko‘rib, men zudlik bilan ichki ishlar xodimlariga xabar berdim. Keyin ularni ortga qaytardim. Nima bo‘ldi, deb so‘raganimda, Uyga pochtam kelgan edi, o‘lib qoldi. Shu pochtamni olib borib, opamning oldiga ko‘mmoqchimiz, degan gapni qildi”, — deydi mahalla raisi.

Ichki ishlar organlari xodimlari voqea joyiga etib borib, jinoyatni fosh qilgan.

Ichki ishlar vazirligi mahalla raislari Adham Rahimov va A’zam O‘stonqulovning hushyorligi hamda tezkor xabardorligi uchun ularni ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi.

    Boshqa yangiliklar