Endilikda haydovchilik guvohnomasi yo‘qotilsa, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati binosiga borish talab etilmaydi — barcha jarayonlar my.gov.uz portali orqali online amalga oshiriladi.
Bildirilishicha, foydalanuvchi “Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish” xizmatida “Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini BKM” bo‘limi orqali ariza yuborishi mumkin. Xizmat narxi 370 ming 800 so‘m bo‘lib, guvohnamani pochta orqali yetkazib berishni istaganlar qo‘shimcha 25 000 so‘m to‘laydi.
Yangilangan guvohnoma 1 ish kunida tayyorlanadi, pochta orqali yetkazib berilishi bilan birga esa 3 ish kuni ichida fuqaroga yetkaziladi.
Ma’lumotlar tizimda tasdiqlanmagan, shaxs transport vositasiini boshqarish huquqidan mahrum etilgan yoki Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135- va 136-moddalari bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan holatlarda ariza rad etiladi.