AsosiyJamiyat

Voida Labo avtomashinasiga o'rnatilgan gaz balon portladi

Viloyat YXHB bu haqda xabar berdi.

'Voida Labo avtomashinasiga o'rnatilgan gaz balon portladi'ning rasmi

Farg'ona shahrida ehtiyotsizlik oqibatida avtomobilga o'rnatilgan gaz baloni portlab ketdi. Bu haqda viloyat YXHB xabar berdi.

Bildirilishicha, 18 sentabr kuni soat 12:00 larda, haydovchi Labo'ga gaz to'ldirish uchun, “zapravka”ga kirib, avtomashinasidagi propan uchun mo'ljallangan balonga, metan gaz quyib yuborgan.

Oqibatda avtomashinaga o'rnatilgan gaz baloni portlab ketgan. Labo avtomashinasi texnik shikastlangan. Hodisada sabab tan jarohati olgan fuqarolar yo'q.

Hozirda usbu holat yuzasidan qo'shimcha o'rganish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar