O‘zbekistonda bolalar kamog‘alligi 21,5 foizdan 11,4 foizga tushgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Namanganda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro forum doirasida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Sastijio mamlakadda bolalar kamog‘alligini qisqartirish borasida erishilgan yutuqlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma’ruza qilgan.
Unga ko‘ra, 2021–2024-yillarda O‘zbekistonda bolalar kamog‘alligi 21,5 foizdan 11,4 foizga tushgan.
Bu – to‘rt yil ichida 10 foizlik kamayishdir. Ayniqsa, ijtimoiy nafaqalar, bolalar uchun moddiy yordam va pensiyalar kamog‘allikni kamaytirishda muhim omil bo‘ldi. Agar ushbu yordamlar bo‘lmaganida, bolalar kamog‘alligi darajasi keskin o‘sishi mumkin edi.
Shuningdek, inson kapitali rivoyi uchun davlat kafolatlagan universal xizmatlar – ta’lim, sog‘liqni saqlash va bolalarni himoya qilish muhim poydevor hisoblanadi.
Sastijio xonimning ta’kidlashicha, bolalar kamog‘alligini qisqartirish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida turishi zarur. UNICEF O‘zbekiston hukumatini ko‘p tarmoqli yondashuv asosida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.