Yangi ta’lim dasturiga o‘quvchisiz uchoqlarni yig‘ish va dasturlash mashg‘ulotlari ham kiritilgan.
Mudofaa vaziri o‘rinbosari Tomas Godlyauskas bu tashabbusni mamlakatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash bilan izohladi.
“Litva bu masalaga juda jiddiy qaraydi, chunki Rossiya va Belarus bilan chegaradosh”, — deydi u.
Avvalroq, Polshada ham o‘quv dasturiga o‘quvchilarga qurolni yig‘ish va otishni o‘rgatish majburiy dars sifatida kiritilgandi.