Afgʻonistonda Energetika va suv xoʻjaligi vazirligining yuqori lavozimli maslahatchisi Faruq Azam ayollarni zilzila yuz bergan Kunar viloyatiga hamshira sifatida yuborishni taklif qilgani sabab hibsga olindi. Unga nisbatan harbiy sud ishi ochilgan.
"Afghanistan International" nashrining yozishicha, Azam “Tolibon” yetakchisi Hibatulloh Oxundzoda buyrugʻi bilan hibsga olingan va hozirda Kobuldagi maxsus nazorat idorasida saqlanmoqda.
U ijtimoiy tarmoqlarda ayollar taʼlimi va tibbiyotdagi ishtirokini ochqin himoya qilgan. Metaʼdagi chiqishlarida esa Kunar viloyatiga ayol hamshiralarni yuborishni taklif etgan.
“Bizning oʻqimishli ayollarimiz jamiyatdagi oʻz oʻrnini mustahkamlash uchun tashabbus koʻrsatishga va qurbonlik qilishga tayyormi? Agar ha boʻlsa — hozir buning ayni vaqti”, — deb yozgan edi Faruq Azam oʻz sahifasida.