AsosiyJamiyat

Sirdaryoda tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan mansabdor isdan olindi

Soliq inspeksiyasi rahbari eri musofirda bo‘lgan ayolga nisbatan shilqimlik mazmunidagi SMS xabarlar yozib, oylar davomida bezovta qilgan.

'Sirdaryoda tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan mansabdor isdan olindi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar Soliq inspektsiyasi rahbari tadbirkor ayolga shilqimlik qilgani uchun ishdan olindi. Bu haqda Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Soliq inspektsiyasi rahbari A.B. eri musofirda bo‘lgan tadbirkor ayolga nisbatan shilqimlik mazmunidagi SMS xabarlar yozib, oylar davomida bezovta qilgan.

Sobiq mansabdor ayolning do‘koniga bir necha marta inspektorlarni yuborib, undan tashvishlanayotgani hamda kechqurun choy bahonasida gaplashib olishi mumkinligini yozgan. Ayol esa bu gaplardan hadiksirab, biroz muddat do‘koniga bormay yurgan.

Shundan so‘ng ayolning murojaatlari asosida ish tegishli organlar tomonidan o‘rganib chiqilgan va xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

To‘plangan hujjatlar esa viloyat prokuraturasiga, undan Yangiyer shahar sudiga yuborilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning mayda bezorilikni nazarda tutuvchi moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:17

    Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi keskinlashuvdan jiddiy xavotirda

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvini diqqat bilan kuzayatganini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:05

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    'Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

    Portugaliyalik futbol yulduzi Cristiano Ronaldo Ispaniyaning "Almeriya" klubidagi ulushi bilan cheklanib qolmoqchi emas.

    'Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi

    Hozir Eron va Isroil o'rtasidagi keskinlik sabab havo hududlari yopildi.