Bugun, 15 sentabr kuni davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilayotgan tadbirda iqtisodiyotga ham a’lohida urg‘u berildi. Bu haqada davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi sakkiz yilda ta’lim va tarbiya sohasida ham o‘n yillarga teng keladigan ishlar amalga oshirilib, ulkan natija va yutuqlarga erishilgani ta’kidlangan. O‘tgan davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra o‘sdi, yil yakuni bilan jon boshiga daromad 3,5 ming dollarga etadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi ham yil oxirigacha 130 milliard dollar bo‘ladi. Barcha tarmoqlarga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar kirib kelayotgani hisobiga bu yil eksport 25 milliard dollarga olib chiqiladi. O‘tgan 8 yilda esa mamlakatimizga 130 milliard dollar xorijiy sarmoya kiritildi. E’tiborlisi, ilgari investitsiya asosan xomashyo resurslariga kiritilgan bo‘lsa, hozir har bir sohada yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirilyapti. “Men bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarga nima uchun ko‘p to‘xtalyapman? Chunki iqtisodiyot qanchalik mustahkam bo‘lsa, ta’lim rivojlanadi. Ta’lim sifatini yuqori bo‘lgan mamlakatta esa iqtisodiyot barqaror o‘sadi. Bu – hayot qonuni!”, — dedi davlat rahbari.