AsosiyJamiyat

Qirgʻiziston 2026 yildan boshlab Oʻzbekistonga suvni pulga sotadi

Suv neft' va gaz kabi strategik resursga aylanmoqda.

'Qirgʻiziston 2026 yildan boshlab Oʻzbekistonga suvni pulga sotadi'ning rasmi

Qirgʻiziston 2026 yildan boshlab yangi Suv kodeksini kuchga kiritadi va unga koʻra, mamakat suvdan foydalanishni toʻliq toʻlovli qiladi. Yangi qonun suvni neftʼ va gaz kabi qimmat resurs maqomiga olib chiqadi.

Bu qaror Markaziy Osiyoda uzoq yillardan buyon amal qilayotgan “yozda suv – qishda elektʼr” almashinuv tizimiga jiddiy taʼsir oʻtkazishi mumkin. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi va sanoati suvga bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston uchun vaziyat sezilarli darajada oʻzgaradi.

2025 yil sentyabrda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasida suv-energetika muvozanatini saqlash boʻyicha vaqtinchalik kelishuv imzolangan, ammo asosiy oʻzgarishlar 2026 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshishi kutilmokda.

    Boshqa yangiliklar