2025 yil 11 sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Olmaota viloyati Ili tumani Bayserke qishlog‘ida joylashgan "LGN Metal" korxonasida portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi.
Hodisa yuzasidan Ili tumani politsiyasi tomonidan inson o‘limiga olib kelgan mehnat muhofazasi qoidalarini buzish bo‘yicha jinoat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Migratsiya agentligining ma’lum qilishicha, marhumlarning jasadlarini vatanga qaytarish uchun zarur rasmiylashtirish ishlari tashkil etildi.
Marhumlarning yaqinlariga kerakli amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ul xodimlar birliktirilgan.
Qozog‘iston tomoni bilan tergov jarayonida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Migratsiya agentligi marhumlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.