AsosiyJamiyat

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari  12,1 mlrd dollarni tashkil etdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 23 foizga ko‘pdir.

'O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari  12,1 mlrd dollarni tashkil etdi'ning rasmi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari miqdori o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga o‘sdi O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 2025 yil yanvar—avgust oylarida 12,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 23 foizga ko‘pdir.

Avgust oyigacha transferlar miqdori oyma-oy o‘sib borgan:

• yanvarda — $1,06 mlrd;

• fevralda — $1,07 mlrd;

• martda — $1,21 mlrd;

• aprelda — $1,43 mlrd;

• mayda — $1,64 mlrd;

• iyunda — $1,78 mlrd;

• iyulda — $1,97 mlrd;

• avgustda — $1,86 mlrd.  

Faqat avgustda undan avvalgi oydagi o‘sishga nisbatan past ko‘rsatkich qayd etilgan.  Birinchi yarim sentyabr O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 27 foizga oshib, 8,2 mlrd dollarga yetgandi. Bu borada Rossiya hali ham yetakchilikni saqlab kelmoqda.

Pul o‘tkazmalarining 6,4 mlrd dollari yoki 78 foizi ushbu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Litva va boshqa davlatlardan pul jo‘natilgan.

Rossiyada migrantlarning topayotgan ish haqidan yuqori miqdorda xorijga pul o‘tkazishi taqiqlanishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi 9 sentyabr kuni Davlat dumasiga kiritildi. Unga ko‘ra, migrantlar oylik daromadidan ortiq mablag‘larni o‘tkazish uchun pul manbaiining qonuniyligi haqida deklaratsiya taqdim etishi kerak.

Taklif yashirin iqtisodiyot va noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashga qaratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:28

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:04

    'Markaziy bank 9 ta bankka nisbatan sanksiya qo‘llagani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.09.2025 21:42

    Markaziy bank 9 ta bankka nisbatan sanksiya qo‘llagani aytildi

    Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 51 ta masala koʻrib chiqildi.

    'Xorazmda 2 mlrd 400 mln dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan'ning rasmi

    Jamiyat 12.09.2025 17:38

    Xorazmda 2 mlrd 400 mln dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan

    Prezidentga Xorazm viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan axborot berildi.

    'Toshkent aeroportida joriy yil boshidan bugungacha 500 dan ortiq taqiqlangan buyumlar musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 12.09.2025 16:56

    Toshkent aeroportida joriy yil boshidan bugungacha 500 dan ortiq taqiqlangan buyumlar musodara qilindi

    Mazkur buyumlarning aksariyati yo'lovchilar va ekipaj xavfsizligi uchun potentsial tahdid hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda uch oy ichida qancha haydovchi jarima ballari olgani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.09.2025 16:54

    O‘zbekistonda uch oy ichida qancha haydovchi jarima ballari olgani aytildi

    Ushbu tizim 2025 yil 1 iyundan yoʻlga qoʻyilgandi.