AsosiyDunyo

Polsha Belarus bilan chegarani yopadi

Bunga sabab "G'arb-2025" harbiy mashg'ulotlari bo'lgan.

'Polsha Belarus bilan chegarani yopadi'ning rasmi

Polsha hukumatining Rossiya va Belarus qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boshlanishi arafasida Belarus bilan chegarani toʻliq yopishini eʼlon qildi. Bu haqda bosh vazir Donald Tusk hukumat yigʻilishi oldidan maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, mashgʻulotlar Polsha chegarasiga juda yaqin hududda oʻtkazilmoqda va bu provokatsiyalar sonining ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli juma kuni tungi soatdan boshlab Belarus bilan avtomobilʻ va temiryoʻl oʻtish joylari yopiladi. Ekspertlar mashgʻulotlarning asosiy maqsadlaridan biri sifatida Polsha va Litvani ajratib turuvchi 65 km uzunlikdagi Suvalki koridorini koʻrsatmoqda. Bu hudud NATOning "Axilles tovon"i deb ataladi va kelajakda u yerda harbiy toʻqnashuv ehtimoli istisno qilinmaydi. Shuningdek, Litva ham "Gʻarb-2025" mashgʻulotlari sababli Belarus va Rossiya bilan chegaradagi nazoratni kuchaytirishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar