AsosiyJamiyat

Endi Oʻzbekistonda harbiy va idoraviy formaqa oʻxshash kiyim kiyganlar jarimaga tortiladi

Bosh prokuratura ayrim toifadagi davlat xizmatchilari formasini qonunga xilof ravishda kiyib yurish holatlarining oldini olishga qaratilgan norma ishlab chiqdi.

'Endi Oʻzbekistonda harbiy va idoraviy formaqa oʻxshash kiyim kiyganlar jarimaga tortiladi'ning rasmi

O‘zbekistonda harbiy va idoraviy formalarga o‘xshash kiyim kiyganlar jazolanishi mumkin O‘zbekistonda harbiy yoki idoralar formasiga o‘xshash kiyim-bosh joriy etib, foydalanganlik uchun javobgarlik belgilanyapti. Yangi norma Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan qonun loyihasiga kiritilgan.

Bosh prokuratura ayrim toifadagi davlat xizmatchilari formasini qonunga xilof ravishda kiyib yurish holatlarining oldini olishga qaratilgan normalar ishlab chiqdi. Yangi normalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2091-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish orqali joriy etilishi kutilmoqda.

Moddaga kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, vazirlik, idora va tashkilot harbiy xizmatchilari yoki xodimlari formasini, farqlovchi belgilari va ramzlari bor kiyim-boshini kiyish huquqi yo‘q shaxslar kiyishi jarimaga sabab bo‘ladi. Ya’ni bunday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganlardan formal kiyim-bosh musodara qilinib, BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi.

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasidagi mazkur moddaga qo‘shimcha norma kiritilmoqda. Normada belgilanishicha, mato rangi, tikilish usuli, farqlovchi belgilari va boshqa predmetlari harbiy yoki idoraviy formal kiyim-bosh predmetlarini takrorlovchi, unga o‘xshash kiyim-boshni joriy etish yoki ulardan foydalanish ham jarimaga sabab bo‘ladi.

Bunday xatti-harakat uchun kiyim-bosh musodara etilib, BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

    Boshqa yangiliklar