AsosiyJamiyat

Noqonuniy sovuq qurol olib yurganlik uchun jazo kuchaytiriladi

Qonun loyihasi huquqbuzarlikning barvaqt oldini olishga qaratilgan.

'Noqonuniy sovuq qurol olib yurganlik uchun jazo kuchaytiriladi'ning rasmi

Bir guruh deputatlar tashabbusi bilan, huquqbuzarliklarning barchvaqt oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda sovuq qurolni noqonuniy ravishda jamoat joylarida olib yurish holatlari keskin ko‘payib, bu holat jamoat xavfsizligi, fuqarolarning tinch hayoti va huquqiy tartibotga jiddiy tahdid solmoqda.

Qonun loyihasida bu kabi huquqbuzarliklarni takroran sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari qat’iylashtirilmogda. Shuningdek, oilaviy tazyiq va zo‘ravonlik jinoyatini sodir etgan shaxslarga qurol olish huquqini bermaslik hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarda mavjud qurollarni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha olib qo‘yish tartibini joriy etish belgilanayapti. 

Taklif etilayotgan yana bir muhim o‘zgarish narkologik kasallikka chalingan shaxslarni davolash tartibi bilan bog‘liq bo‘lib, qonun loyihasida bir marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ham sud qarori bilan davolashga yuborilishi mumkinligi nazarda tutilmogda.

Qonun loyihasi kelgusida huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini yanada samarali himoya qilishga qaratilgan.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar