Toshkentdan Xatirchiga qatnaydigan avtobuslar yo‘nalishida 2022 yildan 2025 yil martgacha bo‘lgan davrda fuqarolardan 710 million so‘mga yaqin ortiqcha chipta puli undirilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi. Tekshiruvlar davomida chipta sotish jarayonida qonuniy bo‘lmagan holatlar, jumladan, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olish va majburiy qo‘shimcha xizmatlarga qistash holatlari qayd etilgan. Umumiy hisobda 74 419 nafar yo‘lovchiga mansub chiptalar orqali usbu holat yuz bergan. “Hunarmand” MChJ”ga iste’molchilardan ortiqcha undirilgan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha qo‘mita tomonidan ko‘rsatma berilgan. Ma’lumot uchun, 2024–2025 yillarda transport sohasi bo‘yicha Qo‘mitaga 1 050 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Bu orqali qariyb 1,4 mlrd so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisoblangani.






