AsosiyJamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan haydovchiga chora ko‘rildi

Qoidabuzar haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

'Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan haydovchiga chora ko‘rildi'ning rasmi

Toshkent shahar IIB YHXB axborot xizmati xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video asosida haydovchiga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qoidabuzar avtomobil esa vaqtincha jarima maydoniga joylashtirildi. Shuningdek, haydovchi bilan profilaktik suhbat ham o‘tkazildi.

IIB barcha haydovchilardan amaldagi qoidalarga qat’iy rioya qilishni so‘ramoqda.

    Boshqa yangiliklar