AsosiyDunyo

Trump: Rossiyaga qarshi yangi sancksiyalar bo‘lishi mumkin

AQSh prezidenti Kremlga qarshi bosim kuchaytirilishini istisno etmadi.

'Trump: Rossiyaga qarshi yangi sancksiyalar bo‘lishi mumkin'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Trump aniq tafsilotlarni ochiqlamagan bo‘lsa-da, Vashingtonda bu borada muhokamalar davom etmoqda.

Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi raisi Kevin Hassettga ko‘ra, yangi sanksiyalar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yakuniy qaror Trump tomonidan qabul qilinadi.

 Eslatib o‘tamiz, AQSh va G‘arb davlatlari 2022 yildan beri Rossiyaga nisbatan sanksiyalni bosqichma-bosqich kuchaytirib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar