AsosiyDunyo

Uch viloyatda energiya o'g'riligi aniqlandi

Yuqori Chirchiq, Mingbuloq va Pastdarg‘om tumanlarida umumiy tarmoqlarga noqonuniy ulanib, qariyb 852 million so‘mlik energiya resurslari o‘g‘irlangani fosh etildi.

'Uch viloyatda energiya o'g'riligi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda:

Yuqori Chirchiq tumanida fuqaro D.F. va boshqalar shartnomasiz ravishda gaz tarmog‘iga ulanib, 350,8 million so‘mlik tabiiy gazni tijorat maqsadida ishlatgani aniqlangan;

Mingbuloq tumanida “I.L.” fermer xo‘jaligi vakillari suv nasoslarini elektrom tarmog‘iga noqonuniy ulab, 238,8 million so‘mlik elektrom energiyasidan foydalangan;

Pastdarg‘om tumanida esa “S.” fermer xo‘jaligi artezian qudug‘ini umumiy tarmoqqa ulab, 262,8 million so‘mlik zarar keltirgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar