AsosiyDunyo

Afgʻonistondagi zilzilada ayollarga yordam berilmadimi?

Koʻplab qutqaruvchilar erkaklarga yordam koʻrsatgan, biroq ayollar qarindosh boʻlmagan erkaklar tomonidan qutqarilmagan.

'Afgʻonistondagi zilzilada ayollarga yordam berilmadimi?'ning rasmi

“The New York Times” yozishicha, Afg‘onistonda yuz bergan zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan yoki jarohat olgan ko‘plab ayollarga yordam berilmagan.

Bunga sabab sifatida “Tolibon” qat’iy rioya qiladigan madaniy qoidalar — ayollar va begonalar o‘rtasidagi jismoniy aloqaning taqiqlanishi ko‘rsatildi.

Guvohlarning aytishicha, qutqaruvchilar erkaklar va bolalarga yordam ko‘rsatgan, biroq ayollarni chiqarmagan. Natijada, jarohatlangan yoki qon yo‘qotayotgan ayrim ayollar boshqa qishloqlardan ayollar yetib kelishini kutishga majbur bo‘lgan va hayotdan ko‘z yumgan.

“Tolibon” boshqaruvidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Sharafat Zaman ham ayol tibbiyot xodimlari yetishmasligini tan olgan, ammo Kunar, Nangarhor va Lagman viloyatlarida ayol shifokor va hamshiralar yordam ko‘rsatayotganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, 1-sentabrgacha o‘tar kecha Afg‘onistonda 6,0 magnitudali zilzila qayd etildi. Keyinroq 5,2 va 4,7 magnitudali takroriy silkilishlar ham yuz berdi. Hodisa oqibatida 2,2 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, 3,6 mingdan ziyodi jarohat olgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'BMT: Afgʻonistondagi zilzila global gumanitar mablagʻlar qisqarishining ogʻir oqibatlarini koʻrsatdi'ning rasmi

    Dunyo 07.09.2025 22:01

    BMT: Afgʻonistondagi zilzila global gumanitar mablagʻlar qisqarishining ogʻir oqibatlarini koʻrsatdi

    Afgʻonistondagi zilziladan soʻng BMTning Insonparvarlik ishlari boshqarmasi 10 million dollar ajratib, vaqtincha boshpana, oziq-ovqat va tibbiy xizmat koʻrsatishni boshladi.

    'Германиядаги машҳур "ботқоқ мумиёлари" Данияга кўчирилди'ning rasmi

    Dunyo 07.09.2025 19:41

    Германиядаги машҳур "ботқоқ мумиёлари" Данияга кўчирилди

    Shlezvig-Golshteynda joylashgan Gottorp qal'asi arxeologiya muzeyi uch yilga yopilayotgani sababli uning eng qimmatli eksponatlari – botqoq mumiyolari Daniyaga joʻnatildi.

    'O‘zbekiston pasportining xalqaro reytingdagi o‘rni oshmoqda'ning rasmi

    Dunyo 07.09.2025 18:40

    O‘zbekiston pasportining xalqaro reytingdagi o‘rni oshmoqda

    O‘zbekiston pasporti global reytingda 72-o‘rinni egallab, 62 mamlakatga vizasiz sayohat imkonini taqdim etmoqda.

    'Havo ifloslanishi sabab 4,5 million odam erta halok bo‘lmogda – JMT'ning rasmi

    Dunyo 07.09.2025 16:21

    Havo ifloslanishi sabab 4,5 million odam erta halok bo‘lmogda – JMT

    Mutaxassislarning aytishicha, o'rmon yong'inlaridan chiqqan tutun katta hududlarga tarqalib, havoni zaharlaydi.

    'Hindistonda chaqaloq qornidan ikkita homila topildi'ning rasmi

    Dunyo 07.09.2025 15:15

    Hindistonda chaqaloq qornidan ikkita homila topildi

    So‘ng shifokorlar uning qornidan ikkita rivojlanmagan embryonni olib tashlashga muvaffaq bo‘lgan.

    'Ukrainada sobiq deputat davlatga xiyonatda ayblanib qo'lga olindi'ning rasmi

    Dunyo 07.09.2025 01:15

    Ukrainada sobiq deputat davlatga xiyonatda ayblanib qo'lga olindi

    IX chaqiriq Rada deputati bo‘lgan va SBU uni Rossiya maxsus xizmatlari foydasiga ishlaganlikda gumon qilmoqda.