AsosiyDunyo

Ukrainada sobiq deputat davlatga xiyonatda ayblanib qo'lga olindi

IX chaqiriq Rada deputati bo‘lgan va SBU uni Rossiya maxsus xizmatlari foydasiga ishlaganlikda gumon qilmoqda.

'Ukrainada sobiq deputat davlatga xiyonatda ayblanib qo'lga olindi'ning rasmi

Ukraina Xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura sobiq deputatni davlatga xiyonat qilish va hokimiyat vakolati suiisteʼmol qilishda ayblab qoʻlga oldi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, u urush boshlanishidan avval FSB tomonidan yollangan va ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taʼsir oʻtkazish mexanizmini yoʻlga qoʻygan.

Mahalliy OAV xabariga koʻra, gap sobiq "Oppozitsion platforma — Za jizn" partiyasi aʼzosi Fyodor Xristenko haqida ketmoqda. Deputat uzoq vaqt BAAda yashirinib yurgan, soʻngra SBUga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar