AsosiyJamiyat

44 yoshli o‘zbekistonlik Tataristonda og‘ir kasallikka chalindi

Масъуллардан кўмак сўраган ушбу фуқаро ватанга қайтарилди.

'44 yoshli o‘zbekistonlik Tataristonda og‘ir kasallikka chalindi'ning rasmi

Mamlakayimiz Bosh konsulxonasi yordamida Qozon shahrida og‘ir kasallikka chalingan hamyurtimiz Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

1981 yilda tug‘ilgan hamyurtimiz A.B. ish vaqtida sog‘lig‘ida kuzatilgan muammolar tufayli Tatariston shifoxonasiga yotqizilgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan birgalikda vatandoshimizni yurtimizga qaytarish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirdi.

A.B. diplomatlar va Migratsiya agentligi xodimlari yordamida "Uzbekistan Airways" AJning "Qozon-Toshkent" aviayonalishidagi samolyotida O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Hamyurtimiz bugun sog‘-salomat O‘zbekistonga etib oldi va davolanishni davom ettirmoqda.

    Boshqa yangiliklar