AsosiyJamiyat

AQSh Rossiya bilan chegaradosh davlatlarga harbiy yordamni toʻxtatmoqchi

Pentagon Yevropadagi ba'zi ittifoqchilarga ko'rsatilayotgan harbiy yordam dasturlarini moliyalashtirishni bekor qiladi.

'AQSh Rossiya bilan chegaradosh davlatlarga harbiy yordamni toʻxtatmoqchi'ning rasmi

Qo'shma Shtatlar Rossiya bilan chegaradosh davlatlar, xususan, Baltiqbo'yi mamlakatlarining qurolli kuchlarini qo'llab-quvvatlash dasturlarini moliyalashtirishni to'xtatishga qaror qildi. Bu haqda “Financial Times” nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Xabarga ko'ra, o'tgan hafta Pentagun Sharqiy Yevropa davlatlariga AQShning harbiy yordamni to'xtatish bo'yicha qarorini ma'lum qilgan. Gap Estoniya, Latviya, Litva kabi Rossiya bilan chegaradosh bo'lgan davlatlarga jihoz, trening va xavfsizlik bo'yicha ko'rsatilayotgan yillik yordam haqida ketmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu dasturni moliyalashtirish uchun mablag' Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak, biroq AQSh ma'muriyati bu borada yangi so'rov yubormagan. Oldin tasdiqlangan mablag'lar 2025 yil sentyabrigacha yetarli bo'ladi.

2018–2022 yillar davomida AQSh Yevropadagi harbiy dasturlarni qo'llab-quvvatlash uchun qariyb 1,6 milliard dollar ajratgan. Bu mablag'lardan eng ko'p foyda ko'rgan davlatlar esa Baltiqbo'yi uchliligi — Estoniya, Latviya va Litva bo'lgan.

Oq uyning rasmiy bayonotiga ko'ra, bu qaror Yevropadagi hamkorlar bilan kelishilgan va “Yevropa o'z mudofaasi uchun ko'proq javobgarlik olishini” ko'zda tutadi. Biroq “Financial Times” suhbatdoshlariga ko'ra, ayrim Yevropa hukumatlari bu qardan hayratda qolgan.

Manbalardan birining taxminicha, AQSh Yevropa Ittifoqining boy davlatlarini — Germaniya, Fransiya va boshqalarni — Rossiya bilan chegaradosh davlatlarning xavfsizligini o'z hisobidan ta'minlashga undamoqda.

Avvalroq, Yevropa yetakchilari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o'tkazilgan uchrashuvda Rossiyaning Ukrainaqa qarshi yangi hujum boshlashi ehtimolidan xavotir bildirgani haqida xabar berilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Vodiyda ilon va tipratikandan shoʻrva tayyorlab sotayotganlar qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 17:27

    Vodiyda ilon va tipratikandan shoʻrva tayyorlab sotayotganlar qoʻlga olindi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi.

    'Poytaxtda sovuq suvni o‘chirish jadvali e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 16:53

    Poytaxtda sovuq suvni o‘chirish jadvali e’lon qilindi

    Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik munosabati bilan ichimlik suv bosimi pasayishi hamda vaqtincha bo‘lmasligi mumkin.

    'Andijonda zapravkada yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 14:47

    Andijonda zapravkada yong‘in sodir bo‘ldi

    Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Qashqadaryoda 27 yoshli bemor shifoxonaga etib bormay vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 13:33

    Qashqadaryoda 27 yoshli bemor shifoxonaga etib bormay vafot etdi

    Tana toshmalari, burundan qon ketishi va holsizlikdan shikoyat qilgan bemor uchun kech bo‘ldi.

    'Farg'onada bog'chadagi 13 nafar bola ovqatdan zaharlandi'ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 12:42

    Farg'onada bog'chadagi 13 nafar bola ovqatdan zaharlandi

    Oltiariqdagi maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati vaqtincha to'xtatildi, holat yuzasidan tekshiruv boshlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.09.2025 11:30