AsosiyJamiyat

Surxondaryoda ayol va 5 oylik chaqaloq molxonada saqlab kelingani aniqlandi

Profilaktika inspektori molxona eshigini buzib kirishga majbur bo‘lgan.

'Surxondaryoda ayol va 5 oylik chaqaloq molxonada saqlab kelingani aniqlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida er va uning onasi kelinning 5 oylik bolasini zo‘ravonlik bilan molxonada ushlab kelgani fosh bo‘ldi. Ayolning ruhiy holati va nutqidagi muammolardan foydalanilgan.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 26 avgust kuni ayol va chaqalog‘i antisanitar sharoitda saqlanayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Mahalla inspektori voqea joyiga yetib borib, molxona eshigini buzib kirgan. Ayol va chaqaloq shifoxonaga yotqizilgan, gumonlanuvchi erkak va uning 3 yaqin qarindoshi esa qamoqqa olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi 7-qismi “a, e” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov viloyat IIB tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:03

    'Tavbasiga tayanmagan "firibgar" yana pora bilan qo'lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:59

    Tavbasiga tayanmagan "firibgar" yana pora bilan qo'lga tushdi

    Respublikaning ikki viloyatida fuqarolarni ishonchiga kirib pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

    'BAA дан халқаро қидирувда бўлган фуқаролар Ўзбекистонга олиб келинди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:18

    BAA дан халқаро қидирувда бўлган фуқаролар Ўзбекистонга олиб келинди

    Ular mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan.

    'Namanganda fuqaroni qiynoqqa solgan amaldor ishdan olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:06

    Namanganda fuqaroni qiynoqqa solgan amaldor ishdan olindi

    Ombudsmanning Namangan viloyatidagi vakili voqea joyiga chiqib, fuqaro bilan suhbatlashgan va holatni o‘rgangan.

    'Senat kitob o‘qigan mahkumlarga jazo muddatini qisqartirishni tasdiqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:15

    Senat kitob o‘qigan mahkumlarga jazo muddatini qisqartirishni tasdiqladi

    Har bir o‘qilgan kitob uchun 3 kun, yiliga esa 30 kungacha muddat qisqarishi mumkin.

    'Kozog‘istonda 14 yoshli qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik umrbod qamoqqa hukm qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:55

    Kozog‘istonda 14 yoshli qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik umrbod qamoqqa hukm qilindi

    Turkiston viloyatida 35 yoshli erkak 8-sinf o‘quvchisiga nisbatan jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi.