AsosiyDunyo

AQSh Prezidenti Donald Trump Hindiston bilan savdo bitimidan voz kechdi

Prezident Hindiston Rossiya neftidan voz kechmaguncha, bitimni maʼqullamasligini aytgan.

'AQSh Prezidenti Donald Trump Hindiston bilan savdo bitimidan voz kechdi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump Rossiya neftini import qilishni to‘xtatmaguncha Hindiston bilan savdo bitimini imzolashdan bosh tortdi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSh davlat kotibi va AQSh Savdo vakili Jeymison Grir Trumpga Hindiston bilan savdo bitimi loyihasini taqdim etgan, ammo Prezident Hindiston Rossiya neftidan voz kechmaguncha, bitimni ma’qullamasligini aytgan.

Vashington vakillari Hindistondan Rossiya nefti masalasida keskinroq choralar ko‘rishni talab qilmoqda. Oq uy vakili Anna Kelli Trump va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida “hurmatga asoslangan munosabatlar” mavjudligini aytgan. Davlat departamenti esa “Hindiston ko‘proq ish qilishi kerak”ligini ta’kidlagan.

Trump o‘zining Truth Social platformasida Hindiston Rossiyadan neft va harbiy mahsulotlarni ko‘proq, AQShdan esa juda kam miqdorda sotib olayotganini yozgan. U shuningdek, Nyu-Dehlining bojxona to‘lovlarini nolga tushirish taklifi “kechikkanini” bildirib, AQSh-Hindiston iqtisodiy aloqalarini “falokat” deb atagan.

“Axios” nashrining yozishicha, AQSh Yevropani ham Rossiya energiya resurslarini import qilishni davom ettirayotgan Hindiston va Xitoyga qo‘shimcha savdo bojlarini joriy etishga chorlamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil mudofaa kuchlari G‘azoni bosib olish rejasining 2-bosqichiga start berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:33

    Isroil mudofaa kuchlari G‘azoni bosib olish rejasining 2-bosqichiga start berdi

    Bu bosqich G'azo aholisi, ayniqsa G'azo shahrida yashovchi millionga yaqin insonning ommaviy ko'chirilishiga olib kelishi mumkin.

    'Qozog‘iston TIV rahbari hibsga olingani rad etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:49

    Qozog‘iston TIV rahbari hibsga olingani rad etildi

    Orda.kz’dagi ma’lumot rad etildi, nashrga nisbatan sudga murojaat qilinishi mumkin.

    'Qozog‘iston TIV rahbari qamoqqa olingani aytilmoqda.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:36

    Qozog‘iston TIV rahbari qamoqqa olingani aytilmoqda.

    Mahalliy OAVlarga ko'ra, vazir SHT sammitidan qaytgach, o'z uyida qo'lga olingan.

    'Paulu Bentu Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiylik taklifini rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:51

    Paulu Bentu Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiylik taklifini rad etdi

    Portugaliyalik mutaxassis taklif etilgan shartlarni oʻz maqsadlariga mos deb topmadi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:45

    'Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektro‘g‘irligi fosh etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:40

    Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektro‘g‘irligi fosh etildi

    Yangiyoʻlda faoliyat yuritgan sex noqonuniy tarzda elektr tarmogʻiga ulanib, davlatga yirik zarar yetkazgan.