AsosiyDunyo

Ким Чен Иннинг қизи Хитойда илк марта омма қаршисида пайдо бўлди

Chju Pekindagi harbiy paradada ishtirok etib, Shimoliy Koreya yetakchisining vorisi boʻlishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirdi.

'Ким Чен Иннинг қизи Хитойда илк марта омма қаршисида пайдо бўлди'ning rasmi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bu hafta Xitoyga qizi Ju E bilan tashrif buyurdi. Bu — uning xorijdagi ilk ommaVIy chiqishi bo‘lib, kuzatuvchilarga ko‘ra, bu holat uning ehtimoliy voris sifatida tanishtirish kampaniyasining bir qismi bo‘lishi mumkin.

Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, taxminan 13 yoshli Ju E diplomatik maydondagi ilk qadamini may oyida Rossiya elchixonasida o‘tkazilgan tadbirda boshlab bergan edi. Endilikda u Pekinda, Ikkinchi jahon urushi yakunining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda otasining ortida paydo bo‘ldi.

Tahlilchilar fikricha, Kim Chen In bu orqali qiziga xorijiy protokol va muloqot madaniyatini o‘rgatmoqda. Stimson markazi eksperti Maykl Meddenning aytishicha, Ju E diplomatik tajriba ortitirib, kelajakda mamlakat elita qatlamida muhim rol o‘ynashga tayyorlanmoqda.

Biroq, mutaxassislar hali u Kim Chen Inning aniq vorisi deb e‘lon qilinmaganini, ammo bunday tashriflar uning xalqaro sahnadagi pozitsiyasini mustahkamlashini ta’kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar