AsosiyJamiyat

Namanganda 30 ming dollar qalbakilashgan pul bilan qo'lga olingan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

“Toshkent–Namangan” yo‘nalishida harakatlanaotgan avtomobildan yirik miqdordagi soxta dollarlar topildi. Gumonlanuvchi pullarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan.

'Namanganda 30 ming dollar qalbakilashgan pul bilan qo'lga olingan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi, DXX hamda Bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Lacetti” rusumli avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

Natijada avtomobil yo‘lovchisi S.B. har biri 100 dollarlik qalbakilashtirilgan 30 000 AQSh dollarini Namangan shahrida muomalaga kiritish maqsadida olib kelgani aniqlangan. Pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar