AsosiyDunyo

Yevropa yetakchilari Parijda Ukraina bo‘yicha yig‘iladi

Ushbu uchrashuv 4 sentyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.

'Yevropa yetakchilari Parijda Ukraina bo‘yicha yig‘iladi'ning rasmi

Parijda Yevropa davlatlari rahbarlari Ukrainaga harbiy kuch yuborish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyain Ukrainda harbiylarni joylashtirish uchun “aniq yo‘l xaritasi” mavjudligini aytgan. Unga ko‘ra, xavfsizlik kafolatlari muhim va bu borada AQSh bilan kelishuvga erishilgan.

Yuz minglab askardan iborat kuchlar Yevropa mamlakatlari qo‘mondonligida yuborilishi mumkin. AQSh esa qo‘mondonlik, razvedka va kuzatuv tizimlari bilan yordam beradi.

Parijdagi yig‘ilishga Germaniya kansleri Fridrix Mers, Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, NATO bosh kotibi Mark Rütte hamda Ursula fon der Lyain taklif qilingan. Uchrashuv Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron tashabbusi bilan bo‘lib o‘tadi.

    Boshqa yangiliklar