AsosiyDunyo

Samarqandda yirik miqdorda elektroʻgʻirligi aniqlandi

Fermer xo‘jaligi, MChJ rahbari va bir nechta fuqarolar tarmoqdan noqonuniy ulanish orqali millionlab so‘mlik elektrdan foydalangan.

'Samarqandda yirik miqdorda elektroʻgʻirligi aniqlandi'ning rasmi

Samarqand viloyatining bir nechta tumanlarida elektr quvvatidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida yuzlab million so‘mlik zarar aniqlandi.

Xususan, Toyloq tumanida “K.A.” fermer xo‘jaligi rahbari A.K. suv nasoslarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 267 million so‘mlik elektr quvvatidan noqonuniy foydalangan.

Jomboy tumanida esa “S.G.” MChJ rahbari S.Sh. savdo do‘konida shunga o‘xshash tarzda 134,1 million so‘mlik elektrni ruxsatsiz ishlatgani aniqlandi.

Urgut tumanida fuqaro L.T. va boshqalar ham suv nasosini noqonuniy tarzda ulab, 127,4 million so‘mlik elektrni o‘g‘irlagan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.

    Boshqa yangiliklar