AsosiyDunyo

Россиянинг Киевга уюштирган ракета ва дрон ҳужумида камида 12 киши ҳалок бўлди

Zelenskiy: “Moskva muzokaralarni emas, ballistikani tanlamoqda”.

'Россиянинг Киевга уюштирган ракета ва дрон ҳужумида камида 12 киши ҳалок бўлди'ning rasmi

Ukrainaning Kiyev shahri 28 avgust tongida Rossiya tomonidan keng koʻlamli havo hujumiga uchradi. Rasman tasdiqlangan maʼlumotlarga koʻra, kamida 12 kishi halok boʻlgan, ular orasida 2, 14 va 17 yoshli uch nafar bola ham bor. Yana 45 kishi tan jarohati olgan.

Zelenskiy bu hujumni “Rossiyaning muzokara oʻrniga yana ballistik raketalarni tanlagani” sifatida baholab, xalqaro hamjamiyatni javob qaytarishga chaqirdi.

“Bu hujum – dunyo boʻylab sulh va diplomatiyani talab qilayotganlarga ochiqcha javobdir. Rossiya muzokara stoliga emas, urushga sodiq qolmoqda”, — deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Hujum oqibatida Kiyevning sharqiy hududida besh qavatli binoning bir qismi qulab tushgan. Uch kishi vayronalar ostidan tirik holida chiqarilgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Avgust oyida AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻrtasidagi muzokaralarga qaramay, bombardimonlar vaqtincha toʻxtagan edi. Ammo ushbu kechagi hujum Rossiyaning pozitsiyasi oʻzgarmaganini koʻrsatdi.

Zelenskiy Xitoydan ham aniq pozitsiya bildirishni soʻradi. Chunki Xitoy ilgari urush kengayishiga qarshi chiqqan edi. Shu orada, Putin kelasi hafta Pekinda oʻtadigan harbiy paradda Si Szinpin bilan qatnashishi kutilmogʻda.

    Boshqa yangiliklar