AsosiyJamiyat

Soliqdan eng ko‘p qarzdor kompaniyalar ro‘yxati e’lon qilindi

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 393,1 mlrd, Andijon viloyatida 123 mlrd, Navoiy viloyatida 82,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

'Soliqdan eng ko‘p qarzdor kompaniyalar ro‘yxati e’lon qilindi'ning rasmi

Qurilish kompaniyalarining soliqdan qarzi 1 trillion so‘mdan oshdi. Shundan 385 milliard so‘mi 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 1 avgust holatiga soliq qarzi 100 million so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1163 tani tashkil etgan. Umumiy qarzdorlik esa 1 trillion so‘mdan oshgan.

Shundan 385,3 milliard so‘mi, ya’ni 38 foiz soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:

“Reliable Stroy Invest” MChJ – 81,5 milliard so‘m;

“Mohir-Quruvchi” MChJ – 65,3 milliard so‘m;

“Asia Invest Favorit” MChJ – 63 milliard so‘m;

“PU OA UK NATEK” – 56,5 milliard so‘m;

“Tamirlash Qurish Servis” MChJ – 50,8 milliard so‘m;

“Fayz Design” MChJ – 18,5 milliard so‘m;

“O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ – 13,7 milliard so‘m;

“DSK Binokor” MChJ – 12,8 milliard so‘m;

“Nova Towers” MChJ – 12 milliard so‘m;

“Neftgazmontaj” MChJ – 11,2 milliard so‘m.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 393,1 milliard so‘mni, Andijon viloyatida 123 milliard so‘mni, Navoiy viloyatida 82,1 milliard so‘mni tashkil etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mustaqillik bayrami uchun qo'shimcha dam olish kunlari beriladimi?'ning rasmi

    Jamiyat 21.08.2025 18:48

    Mustaqillik bayrami uchun qo'shimcha dam olish kunlari beriladimi?

    Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bu haqida maʼlumot berdi.

    'Afg‘onistonda Navoiy haykali neg buzib tashlandi?'ning rasmi

    Jamiyat 21.08.2025 09:55

    Afg‘onistonda Navoiy haykali neg buzib tashlandi?

    Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги ҳолат юзасидан муносабат билдирилди.

    'Farg'onada avtomobil voyaga yetmagan bolani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat 21.08.2025 09:44

    Farg'onada avtomobil voyaga yetmagan bolani urib yubordi

    YTH oqibatida 6 yoshli bola shifoxonada vafot etgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.08.2025 20:53

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.08.2025 16:29

    'Prezident soliq yukini engillashtirish bo‘yicha yangi chorani e’lon qildi'ning rasmi

    Jamiyat 20.08.2025 15:05

    Prezident soliq yukini engillashtirish bo‘yicha yangi chorani e’lon qildi

    1 trillion so‘m tadbirkorlar qo‘lida qoladi, xatolar uchun jazo bekor qilinadi.