Ukrainaning gʻarbida joylashgan Lvov shahri Rossiya tomonidan dronlar va raketalar yordamida oʻqqa tutildi.
Viloyat harbiy maʼmuriyati rahbari Maksim Kozitskiyning maʼlum qilishicha, hujum oqibatida bir kishi halok boʻlgan, ikki kishi yaralangan. Lvov meri Andrey Sadovoyga koʻra, Yelena Stepanovna koʻchasi atrofida oʻnlab xonadonlar zararlangan.
Shuningdek, Ukraina, Slovakiya, Vengriya va Ruminiya chegarasiga yaqin joylashgan Mukachevo shahrida ham hujum qayd etilgan.
Mahalliy hokimiyatga koʻra, raketa zarbasi sanoat korxonalaridan biriga toʻgʻri kelgan. 12 kishi jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilgan.