Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful Ukraynaning urushdagi kelajagi haqida ijobiy fikr bildirdi. Unga ko‘ra, Trumpning xavfsizlik kafolatlari berishi va faol ishtiroki Putinni jiddiy o‘ylashga majbur qilgan.
Vadeful bu jaroyon tinchlikka yaqinlashtirishi mumkinligini ta’kidladi. Biroq u hali ham shubhalar mavjudligini aytdi — Rossiya hujumlarini to‘xtatmagan va har safar yangi shartlar qo‘ymoqda.
Germaniya vaziriga ko‘ra, muzokaralar neytral davlatda bo‘lishi lozim. Shu nuqtada u Shveysariyani eng maqbul variant sifatida tilga oldi.