AsosiyBu qiziq

Bugun ob-havo biroz bulutli va quruq bo'ladi

Respublikaning ayrim hududlarida harorat 40 darajagacha issiq boʻladi.

'Bugun ob-havo biroz bulutli va quruq bo'ladi'ning rasmi

 “O‘zgidromet” bugun, 21 avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 20.08.2025 16:23

    'Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 20.08.2025 00:30

    Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?

    Respublikada harorat kechasidan salqinroq bo‘ladi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 19.08.2025 00:27

    'TikTok va Instagramdagi qisqa videolar miyaga zararli?'ning rasmi

    Bu qiziq 18.08.2025 16:48

    TikTok va Instagramdagi qisqa videolar miyaga zararli?

    Mutaxassislar ekran oldida o‘tkaziladigan vaqtni cheklash, tanaffuslar qilish, onlayn faollikni rangbarang qilishni maslahat bermoqda.

    'AQSh dollarining rasmiy kursi tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 18.08.2025 16:22

    AQSh dollarining rasmiy kursi tushdi

    Markaziy bank dollar, yevro va rublning o‘zbek so‘miga nisbatan amaldagi qiyomatini e’lon qildi.

    'Hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 18.08.2025 02:37

    Hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 40 darajagacha issiq bo‘ladi.