AsosiyDunyo

BMT vakili HAMASni oqladi

Falastin bo‘yicha BMT maxsus vakilining fikricha, HAMASni noto‘g‘ri talqin qilish — xalq irodasiga va haqiqiy vaziyatga ko‘z yumishdir.

'BMT vakili HAMASni oqladi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin hududlaridagi Inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Francheska Albanese HAMAS harakati borasida jamoatchilikda shakllangan stereotiplarga e’tiroz bildirdi. Uning aytishicha, ko‘pchilik HAMAS nima ekani haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega.

“HAMAS — bu siyosiy kuch. U 2005-yilgi demokratik saylovlarda g‘alaba qozongan va shundan beri G‘azo sektorida amalda hokimiyat tepasida. HAMAS kimlargadir yoqmasligi mumkin, lekin u maktablar, shifoxonalar, ijtimoiy infratuzilma qurdi. Ularni faqat terrorchilar sifatida ko‘rsatish bir tomonlama yondashuv”, — deydi Albanese.

Uning fikricha, HAMAS faqat qurolli harakat emas, balki G‘azo aholisining bir qismini ifodalovchi siyosiy kuch bo‘lib, ularning mavjudligini inkor etish xalq irodasini inkor etish bilan barobar.

Mazkur bayonat xalqaro maydonda bahsli qarshi fikrlarni keltirib chiqardi. Isroil hukumati va uning ittifoqchilari BMT vakilining bu so‘zlarini keskin tanqid qildi. Ammo inson huquqlari bo‘yicha himoyachilar Falastinadagi murakkab siyosiy kontekstda har ikki tomonning pozitsiyalarini tushunishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, HAMAS harakati G‘azo sektorini 2007 yildan beri boshqarib kelmoqda va ko‘plab davlatlar, jumladan AQSh va Europa Ittifoqi uni terrorchi tashkilot deb hisoblaydi. Shu bilan birga, u Falastinadagi ijtimoiy hayotda muhim rol o‘ynashda davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada harbiy zavoddagi portlashda 20 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 20:38

    Rossiyada harbiy zavoddagi portlashda 20 kishi halok bo‘ldi

    Bu oxirgi 4 yil ichida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan ikkinchi yirik portlash hisoblanadi.

    'Germaniyaga yoʻl olgan afgʻonlar Pokistondan deportatsiya qilinmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:07

    Germaniyaga yoʻl olgan afgʻonlar Pokistondan deportatsiya qilinmoqda

    Pokiston rasmiylari Germaniyadan ruxsat olgan yuzlab afgʻonlarni vatanga qaytarmoqda. Sabab – Yevropadagi byurokratik kechikishlar.

    'Ukrainada sokinish urush tili boʻlib qoldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 18:03

    Ukrainada sokinish urush tili boʻlib qoldi

    Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng Ukraina jamoatchilik tilida so‘kinish keng tarqaldi.

    'Indoneziyada ibodat qilayotganlar zilzila ostida qoldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:03

    Indoneziyada ibodat qilayotganlar zilzila ostida qoldi

    Hozirda ikki kishi og‘ir ahvolda bo‘lib, ular kasalxonaga yotqizilgan.

    'Rossiya yana SOCAR'ning Ukrainadagi neft bazasiga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:20

    Rossiya yana SOCAR'ning Ukrainadagi neft bazasiga hujum qildi

    Odessa dagi terminalga dronlar bilan zarba berildi — barcha rezervuarlar shikastlangan.

    'Qozogʻiston armiyasida sunʼiy intellekt boʻlinmasi ish boshladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:55

    Qozogʻiston armiyasida sunʼiy intellekt boʻlinmasi ish boshladi

    Yangi bo‘linma Mudofaa vazirligida “jarayonlarni optimallashtirish va mudofaa salohiyatini kuchaytirish”ga xizmat qiladi.