AsosiySiyosat

Prezident "o‘yog‘i yerdan uzilgan" deb tanqid qilgan hokim endi orden bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayevga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenini topshirdi.

'Prezident "o‘yog‘i yerdan uzilgan" deb tanqid qilgan hokim endi orden bilan taqdirlandi'ning rasmi

Bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mukofotlanganlar qatorida sobiq Toshkent shahri hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayevni "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlagan.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018-2023 yillarda Toshkent shahri boshqargan.

U 2023 yil 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda shaxsan Shavkat Mirziyoyev tomonidan tanqid qilinib, "oyoqi yerdan uzilgan"likda ayblanib, ishdan olingan edi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etilganidan keyin ancha vaqt davomida hukumat tadbirlarida ko‘rinish bermagan edi.

2024 yilga kelib, u yana davlat tadbirlarida qatnasha boshladi. Masalan, Prezidentning Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida hamda Ozarbayjon va O‘zbekiston Prezidentlari ishtirokida mamlakat ishbilarmon doira vakillari bilan muloqotda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Alisher Qodirov Solovyov bayonotlariga munosabat bildirdi.'ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:50

    Alisher Qodirov Solovyov bayonotlariga munosabat bildirdi.

    “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari rossiyalik teleboshlovchining Markaziy Osiyoni Rossiyaning “ta’sir zonasi” sifatida talqin qilgan chiqishlarini keskin tanqid qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev bir guruh prokuratura organlari xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 15:45

    'Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 05:31

    Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor

    Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiya bilan harbiy harakatlar to‘xtatilgach, Ukraina hududida tinchlikni ta’minlash maqsadida qo‘shin yuborishga tayyor.

    '“Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?'ning rasmi

    Siyosat 02.01.2026 05:10

    “Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?

    O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ilk katta intervyusida davlat boshqaruvi, islohotlar va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 02.01.2026 04:27

    'Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizimlar joriy etiladi'ning rasmi

    Siyosat 01.01.2026 10:00

    Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizimlar joriy etiladi

    Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yildan korruptsiyaning oldini olish, ichki nazoratni kuchaytirish va xabar beruvchilarni himoya qilishga qaratilgan qator yangi mexanizmlar ishga tushiriladi.